Asia Alliance Bank bosh ofisida Turkiyaning Golden Global Yatırım Bankası A.Ş vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar g'aznachilik operatsiyalari, korrespondentlik munosabatlari va savdoni moliyalashtirish sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, 2024 - 2025 yillardagi faoliyat natijalari bo‘yicha ma’lumot almashdilar.
Golden Global Yatırım Bankası A.Ş 2019 yilda Istanbul shahrida tashkil etilgan, foizsiz (islomiy) moliya tamoyillariga asoslangan investitsion bank bo‘lib, JCR Eurasia Rating “A(tr)” reytingiga ega.
Uchrashuv do‘stona muhitda o‘tdi va banklar o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 45