Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida «ASIA ALLIANCE BANK» ATB va Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kelishuv universitet bitiruvchilari va bank xodimlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi, shuningdek, axborot texnologiyalari va biznes-logistika sohasida innovatsion yechimlarni joriy etishni takomillashtiradi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
ASIA ALLIANCE BANK va IUT talabalar va bitiruvchilar uchun amaliyot o‘tash va keyinchalik bankka ishga joylashish uchun qo‘shma tanlovlar o‘tkazishga kelishib oldilar. Tanlovdan o‘tgan talabalar real ish muhitida bilimlarini amalda qo‘llash va bank rivojiga hissa qo‘shish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar. Bunday yondashuv bankka yosh mutaxassislarni jalb qilish, talabalarga esa qimmatli tajriba va amaliy ko‘nikmalar olish imkonini beradi.
Hamkorlik doirasida ASIA ALLIANCE BANK xodimlarini o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi. Axborot texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator o‘quv kurslarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Treninglar dasturi biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun ATdan foydalanish, ma’lumotlarni boshqarish va biznes-logistika kabi mavzularni o‘z ichiga oladi. Bu bank xodimlariga o‘z malakasini oshirish va yangi bilimlarni kundalik ishda qo‘llash imkonini beradi.
Tomonlar yoshlarning innovatsion texnologiyalarga qiziqishini oshirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldilar. Bank talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminarlar, davra suhbatlari va mahorat darslarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
"Biz bank sohasida yetakchilardan biri bo‘lgan ASIA ALLIANCE BANK bilan hamkorlik memorandumini imzoladik. Ushbu kelishuv tufayli Inha universiteti talabalari amaliyot o‘tash, haqiqiy biznes jarayonlariga sho‘ng‘ish va auditoriyada olgan bilimlarini amalda qo‘llash uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar. Umid qilamizki, bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash imkonini beradi, bu esa ularga kelajakda muvaffaqiyatli mutaxassislar bo‘lishga yordam beradi," - deb Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Abdullayev Bobur ta’kidlab o’tdi.
"Imzolangan memorandum biz uchun katta ahamiyatga ega. Ishonchimiz komilki, universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik kelajakka: kelajakdagi xodimlarga, innovatsiyalarga, bank rivojiga sarmoya kiritishdir. Bank uchun nafaqat yosh iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish, balki ularning shakllanishida ishtirok etish ham muhimdir. Biz doimo o‘z tajribamizni baham ko‘rishga, zamonaviy bank vositalari haqida so‘zlab berishga, shuningdek, doimiy o‘qitish, yordam va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga tayyormiz. Umid qilamizki, Inha universitetida tahsil olayotgan yosh talabalarga hayotda ajoyib natijalarga erishish imkoniyatini beramiz," - deb «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Boshqaruv raisi Umidjon Abduazimov o’z fikri bilan ulashdi.
ASIA ALLIANCE BANK va IUT o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi talabalar va biznes uchun sezilarli natijalar keltiradigan uzoq muddatli hamkorlik yo‘lidagi birinchi qadamdir. Kelajakda ikkala tomon ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish orqali o‘z sa’y-harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlashni rejalashtirmoqda.
«ASIA ALLIANCE BANK» ATB chakana va korporativ mijozlar uchun zamonaviy moliyaviy yechimlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan hamda aholining moliyaviy savodxonligi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasidagi tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlovchi O‘zbekistondagi jadal rivojlanayotgan bankdir. Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009-yil 15-avgustda berilgan 79-sonli Bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
Inha University in Tashkent (IUT) - Toshkentda joylashgan Janubiy Koreyaning Inha universitetining filiali. 2014-yilda Inha universiteti (Janubiy Koreya) va O‘zbekiston hukumati hamkorligida tashkil etilgan axborot texnologiyalari va logistika sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar.
Sayt: www.aab.uz
E-mail: info@aab.uz
Facebook: https://www.facebook.com/AsiaAllianceBank
Instagram: https://www.instagram.com/asia alliance bank
Telegram: https://t.me/asiaalliancebank
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 149