Lissabonda bo‘lib o‘tgan Commerzbank Emerging Markets Macro Conference’ning 15-anjumani doirasida ASIA ALLIANCE BANK va Commerzbank AG o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.

Mazkur memorandum Yevropaning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ushbu hujjat ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro bank xizmatlari sohasida qo‘shma loyihalar va innovatsion tashabbuslarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

ASIA ALLIANCE BANK Commerzbank AG’ga bildirgan ishonchi va samarali hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiradi. Ishonchimiz komilki, ushbu hamkorlik doirasida yangi loyihalar amalga oshirilib, o‘zaro manfaatli aloqalar va yuqori natijalarga erishiladi.