Hurmatli mijozlar!

Oxirgi paytlarda Adliya vazirligi nomidan soxta xatlarni yuborish holatlari kuzatilmoqda. Ushbu xatlar firibgarlar tomonidan yuborilmoqda  va o'z ichiga zararli ilovalarni oladi.

Ilovada xavfli havolalarni o'z ichiga olgan "Ish materiallari to'g'risida xabarnoma" nomli PDF fayl mavjud.

Eslatib o‘tamiz:
• Xatlar rasmiy davlat organlariga aloqador emas;
• Noma’lum fayllarni ochish moliyaviy zarar va shaxsiy ma’lumotlaringiz yoqotilishiga olib kelishi mumkin.
 
Tavsiya qilamiz:
• Shubhali xatlarni va ilovalarni ochmang;
• Har doim jo'natuvchining manzili va xat mazmunini tekshiring;
• Agar shubhangiz bo'lsa, davlat organiga yoki bankimizga murojaat qiling.

Ma'lumotlaringiz xavfsizligi - bizning ustuvor vazifamiz. Ogoh bo‘ling!