2025-yil 29-oktyabrdan 31-oktyabrgacha Shveysariyaning Enabling Qapital SA fondi vakillari Asia Alliance Bank Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi va Mirobod filialiga tashrif buyurdilar.
Tashrif doirasida bank rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, filiallar tarmog‘i faoliyati va biznes jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur uchrashuvlar fond tomonidan o‘tkazilayotgan kompleks tekshiruv (due diligence) jarayonlari doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv ishbilarmonlik va do‘stona muhitda o‘tdi hamda Asia Alliance Bank va xalqaro moliya instituti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 48