"Asia Alliance Bank" ATB delegatsiyasi Raiffeisen Bank International (Avstriya) taklifiga binoan Tbilisiga tashrif buyurdi. Safar davomida Bank of Georgia va PASHA Bank Georgia bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, korrespondent hisoblar va uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. 

Mazkur kelishuvlar banklar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, savdo moliyalashtirish va to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi. 

Tashrif doirasida shuningdek, “Ishonchli bank ishi: biznes barqarorligi va komplayens talablariga rioya qilish” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etildi. 

Imzolangan bitimlar Asia Alliance Bankning xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va mintaqalararo aloqalarni kengaytirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.