Asia Alliance Bank bosh ofisida xodimlar uchun kiberxavfsizlik yo‘nalishida navbatdagi texnik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Trening davomida xodimlar zamonaviy raqamli tahdidlar, ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli usullari, fishing va boshqa kiberxavf turlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.
Mashg‘ulot jarayonida real vaziyatlar asosida misollar ko‘rib chiqildi, xavfsiz ishlash standartlari muhokama qilindi va bankning raqamli muhitidagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashning samarali yondashuvlari o‘rganildi.
Biz jamoamizning bilim va malakasini doimo oshirishga intilamiz - chunki mijozlarimizning ishonchi va ularning ma’lumotlari xavfsizligi bizning asosiy ustuvor maqsadimizdir.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 124