Kichik biznes uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar!

ASIA ALLIANCE BANK savdo-sotiqni avtomatlashtirishga yordam beruvchi BILLZ texnologik platformasi bilan kengaytirilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.


Endi BILLZ bilan ishlaydigan kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, oziq-ovqat va boshqa chakana savdo do‘konlari egalari bir necha daqiqa ichida ASIA ALLIANCE BANKdan biznesni rivojlantirish uchun 1,6 milliard so‘mgacha garovsiz onlayn kredit olishlari mumkin.

Moliyalashtirish orqali qog‘ozbozlikka vaqt sarflamasdan kassa uzilishini yopish yoki aylanma mablag‘larni to‘ldirish mumkin.          

Bu qanday ishlaydi?

- Ariza BILLZ veb-ilovasi orqali topshiriladi;
- Tasdiqlash: 10 daqiqagacha;
- Kredit miqdori: 1,6 mlrd so‘mgacha - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun (YATT QQS to‘lovchisi bo‘lgan taqdirda);
- Mablag‘larni ham hisob raqamiga, ham naqd pul shaklida olish mumkin (200 mln so‘mgacha);
- Kredit muddati - 36 oygacha;
- Imtiyozli davr - 10 oygacha;
- Foiz stavkasi:
▪️ 18 oygacha - yillik 36%;
▪️ 18 oydan 24 oygacha - yillik 38%;
▪️ 24 oydan 36 oygacha - yillik 40 foiz.

Ushbu mahsulot tezlik, qulaylik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash haqida. Savdo qilyapsiz - demak, o‘syapsiz. Biz esa yonma-yonmiz.