ASIA ALLIANCE BANK faol ravishda hayot sharoitlarini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va hududlarda aholi bandligini ta'minlash ustida ishlamoqda, fuqarolarga o‘z bizneslarini ochishda yordam bermoqda!
Samarqand viloyatida biz 25 ta mahallada ish olib bormoqdamiz, har biriga maxsus bankirlar va yordamchi agentlar tayinlangan bo‘lib, ular tadbirkorlikni rivojlantirish va hayot sharoitlarini yaxshilashda yordam bermoqda.
2025 yil davomida Nurobod va Toyloq tumanlarida joylashgan 25 ta mahallada bank tomonidan 256 ta mikroloyihalar amalga oshirildi, bu esa ko‘plab odamlarni bandligini ta’minlashga hamda ish o’rinlari yaratishga xizmat qildi!
Bundan tashqari, mahalla dasturlari doirasida bank tomonidan jismoniy shaxslar uchun 200 million so‘m va yuridik shaxslar uchun 2 milliard so‘mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratdi, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga yordam bermoqda.
Shuningdek ASIA ALLIANCE BANK tomonidan hududlarni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash borasida yuqorida ko’rsatilgan ishlarni yil oxirigacha davomiy ko’rinishda jadal suratlarda davom ettirish rejalashtirilgan!
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 59